Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Reper Donald Trampga "dushman" bo‘lmoqchi

A A A
Reper Donald Trampga "dushman" bo‘lmoqchi

Amerikalik rep-qo‘shiqchi Kanye Uest 2024 yilgi AQSh prezidenti saylovlarida qatnashish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqayotganini aytdi, deb yozadi «Gazeta.ru». Bu haqda u Chikago radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Ha, bu 2024 yilda 100% ehtimol bilan bo‘lishi mumkin», — dedi musiqachi.

Prezident Donald Trampning ashaddiy tarafdori Uest davlat rahbari o‘rnini egallashga «urinmoqchi» emasligini, balki saylovda qatnashish haqida qaror qabul qilsa, buni aniq amalga oshirishini ta’kidladi.

Uest prezident bo‘lish haqidagi rejalarini birinchi marta 2015 yilda e’lon qilgan edi. O‘shanda reper 2020 yilgi saylovlarda qatnashishini aytgandi.

Kiritildi: 11:32 03.09.2018. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik