Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirdi

A A A
Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterdagi o‘z sahifasida yozishicha, Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar Asadning Idlib viloyatidagi «telbalarcha» hujumini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, «juda jiddiy xato» qilishi mumkin.

Trampning ma’lum qilishicha, Asad Idlibga «telbalarcha» hujum qilmasligi kerak. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Damashqning bu viloyatni ozod qilish bo‘yicha rejalariga shunday reaksiya bildirdi.

«Rossiyaliklar va eronliklar agar ushbu ehtimoliy insonlar fojiasida ishtirok etsa, jiddiy gumanitar xatoga yo‘l qo‘yadilar», - deya yozadi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar natijasida «yuz minglab odamlar» halok bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyaga zarba berish uchun ob’ektlar ro‘yxatini tuzgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: kun.uz

 

 

Kiritildi: 08:46 04.09.2018. O'qildi: 1889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik