Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbati haqida xabar berdi, deb yozadi «MK.ru». Muloqot Moskva Suriyaga S-300 majmuasini yetkazib berish rejasini ma’lum qilganidan keyin bo‘lib o‘tdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida uning The Beast (Yirtqich) deb ataluvchi «Kadillak»i namoyish etildi.
Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Britaniya teleko‘rsatuvlari korporasiyasi bo‘lmish BBC bilan sudlashadi. Xabarlarga ko‘ra, buning sababi siyosatshunosning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qisqa muddatli uchrashuv uchun yuz minglab dollar to‘laganligi haqidagi xabar bo‘lgan.
Polshaning Belsat telekanali ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha menejer sifatida ishlagan Ivan Shiloni Polsha va AQSh prezidentlari Anjey Duda va Donald Trampning fotosuratini e’lon qilgani uchun ishdan bo‘shatdi.
Plastic Jesus taxallusi ostida ishlaydigan ko‘cha rassomi AQSh prezidentining “Shon-sharaf alleyasi”dagi yulduzi ustiga panjaraning rasmini chizdi va qamoqqa olinishdek ramziy ma’noni ifodalamoqchi bo‘ldi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin Il-20 samolyoti O‘rta Yer dengizi uzra qulaganidan so‘ng suriyalik hamkasbi Bashar Asadning qo‘ng‘iroqlariga javob berishdan bosh tortayotgani haqidagi ma’lumotni rad etib chiqdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zigagina xos tarzda Afrika davlatlaridan Ispaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatishning usulini taklif qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatining butun tarixi mobaynida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush buyrug‘i bilan Amerika askarlarining Yaqin Sharqqa kiritilishi buyuk xato bo‘lgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Demokratik partiyasi 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida o‘z partiyalaridan kimni nomzod sifatida ko‘rsatishni hali bilishmaydi. Shu boisdan ham ular ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan navbatdagi saylovda Demokratik partiyadan kimni nomzod sifatida ko‘rishni istaysiz deya so‘rovnoma joyladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan sanksiyalar amal qilishini yana bir yilga uzaytirdi.
AQSh sobiq davlat kotibi Xillari Klinton MSNBC'ga bergan intervyusida, AQSh prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan so‘ng Oq uyni «tozalab tashlashi» mumkinligidan tashvishda ekanini bildirdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Barak Obama Amerikaning "eng yaxshi sotuvchisi" edi, deydi amerikalik rahbar Donald Trampning o‘g‘li. "Albatta, u (Obama) bizning eng yaxshi sotuvchimiz", deydi kichik Tramp.