Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Marhum o‘z dafn marosimida Putin va Trampga «ishora berdi»

A A A
Marhum o‘z dafn marosimida Putin va Trampga «ishora berdi»

25 avgust kuni vafot etgan senator Jon Makkeyn Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampga «ishora» qoldirgan. Bu haqda AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Samanta Pauer aytib o‘tdi, deb yozadi «daryo.uz».

U Twitter’da yozishicha, Makkeyn o‘z dafn marosimini ikir-chikirlarigacha puxtalik bilan rejalashtirgan va hatto taklif etiladigan kishilar ro‘yxatini tuzgan. Shu munosabat bilan, deb davom etdi Pauer, senator dafn marosimiga Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni taklif qilgani tasodif emas. Bundan tashqari, Makkeyn Ukraina yetakchisi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan yonma-yon o‘tirishi kerakligi haqida ko‘rsatma bergan.

AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili o‘zicha bunday «ishora»ning ma’nosini chaqdi: «Amerika o‘z do‘stlari va ittifoqdoshlari yonida qoladi».

Kiritildi: 10:40 03.09.2018. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik