2020 yil 4 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3909 (+35) nafarni tashkil etmoqda.
Butun dunyo bo‘ylab hukm surayotgan epidemiologik vaziyat bizning mamlakatimiz fuqarolari sog‘lig‘iga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yurtimizda joriy etilgan karantin tartib-qoidalari esa, mazkur holatda aholining salomatligini asrashdagi murakkab vaziyatning yechimidir. Xalqimiz birdamlikda ushbu ofatga qarshi kurashayotgan bir paytda, taassufki, ba’zi fuqarolarimizdagi loqaydlik, beparvolik hissi, qoidalarning qasddan buzilish holatlariga sabab bo‘lmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larini maqsadli sarflanishi o‘rganilganda, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.
So‘nggi kunlarda ayrim hududlarda aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinganlar uchrayotgani aholidan yana-da hushyor bo‘lib, karantin qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, yurtimizning bir qancha hududlari qatori, Navoiy viloyatida ham aholi orasida kasallikka chalinayotganlar uchrayotganligi tashvishli bo‘lmoqda.
Navoiy viloyatida o‘z bolasini uch xonali kvartiraga almashtirishga uringan ayol va uning otasi qo‘lga olindi.
Navoiy shahridagi Amir Temur va g‘alaba chorrahasida piyodalar uchun baland ko‘prik qurish ishlari olib borilmoqda. "O‘zbekiston 24" telekanalidagi xabarga ko‘ra, bugungi kunga kelib ish 80 foizga bajarilgan.
Joriy yilning 27 may kuni xalqaro internet tarmog‘ining ayrim ijtimoiy sahifalarida Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Abdullayevaning viloyat hokimligi binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lganligi holati bo‘yicha video tarqalgan.
Navoiy viloyati IIB xodimlari buzg‘unchi oqim ta’siriga tushib qolgan zamonaviy “manqurt”ni fosh etdi.
Joriy yilning 21 may kuni soat 17:10 larda, Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidan Zarafshon shahri yo‘nalishi bo‘yicha bir nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotgan “Labo” rusumli 85 866 TAA davlat raqam belgili transport vositasi “Uchquduq” to‘siq postida xizmat olib borayotgan Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan dizenfeksiya choralarini ko‘rish maqsadida to‘xtatilib, haydovchidan transport vositasini qayd etish guvohnomasini taqdim etishi, ushbu ma’lumotlar postda yuritilayotgan jurnalga qayd etilishini ma’lum qilishgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyalari Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida “O‘zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi lozim” deb aytgan so‘zlariga amal qilgan holda, shuningdek, Prezidentimizning tashabbuslari bilan sud-huquq sohasida olib borayotgan islohatlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizda so‘nggi kunlarda karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilib, hududlar “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratilgan holda iqtisodiy hayotni faollashtirish, aholining erkin harakatlanish imkoniyati yaratilmoqda. Ammo karantin tadbirlarining birmuncha yumshatilganidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, hamisha hushyor bo‘lishimiz lozim.
Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.