Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda 5 nafar mahkum muddatidan avval ozod qilindi

Navoiyda 5 nafar mahkum muddatidan avval ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyalari Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida “O‘zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi lozim” deb aytgan so‘zlariga amal qilgan holda, shuningdek, Prezidentimizning tashabbuslari bilan sud-huquq sohasida olib borayotgan islohatlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 22.05.2020 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi A.Avezov tomonidan insonparvarlik prinsipidan kelib chiqib, jazo muddatini o‘tayotgan 5 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, sudya A.Avezov tomonidan mahkumlarni ahloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun, ularning ma’naviyatini, ma’rifatini boyitish maqsadida hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishlari uchun “Yoshlar va uyushmagan yoshlarning huquqbuzarliklari”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan” va “sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohatlar” hamda boshqa mavzularda keng qamrovli ma’ruza qildi.

Kiritildi: 14:26 24.05.2020. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!