Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiyda inqirozga qarshi kurashishga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi

Navoiyda inqirozga qarshi kurashishga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larini maqsadli sarflanishi o‘rganilganda, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamg‘arma tomonidan ajratilgan 5 mlrd so‘m mablag‘larning bir qismini talon-toroj qilish maqsadida, «T.» va «I-P.» MCHJdan kimyoviy dizenfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilishib, jami 222,3 mln so‘mni rastrata qilish yo‘li talon-toroj qilib, davlat byudjetiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, «T.» va «I-P.» MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:02 30.05.2020. O'qildi: 2884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!