Payshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning Kosmik qo‘mondonligining tashkil etilishidan asosiy maqsad fazodagi tahdidlarni neytrallashtirishdan iborat bo‘lishini ta’kidladi.
Amerikaning Nevada shtatida yashovchi ayol sud qarori bilan sodir etmagan jinoyati uchun 35 yil qamoqda o‘tirib chiqqanligi tufayli uch million dollar miqdorida badal to‘lovini oldi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.
O‘zbekistonlik bokschi uchun professional faoliyatidagi ikkinchi jang bo‘lgan mazkur bahs olti raunddan iborat bo‘ladi.
Senatorning fikricha ayni damda AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Britaniya, Kanada, Italiyadan iborat yettilikka Rossiya, Xitoy va Hindistonni qo‘shmoq darkor.
2012 yilda AQShga kelgan Bilol federallar bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘lgan. Aks holda u mamlakatdan chiqarib yuborilishi aytilgandi.
AQShning «US Inc.» kompaniyasi Navoiy shahrida Klinik-diagnostik laborator-tadqiqot bazasi va Tez tibbiy yordam markazi quradi. 19 avgust kuni O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi Javlon Vahobov komaniya direktori Mark Vinters bilan uchrashgan.
“Kanada Rossiya va “Katta sakkizlik”ka nisbatan juda aniq pozisiyaga ega. Rossiyaning Qrimga bostirib kirishi va uni anneksiya qilishi, shuningdek, Donbascdagi urushni davom ettirishda xalqaro huquqni buzayotganini ko‘rib, biz jim qarab tura olmaymiz.
Putinning ta’kidlashicha, AQSh 18 avgustda sinovini o‘tkazgan qurol O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish kelishuviga ko‘ra taqiqlangan qurolga kiradi.
Ekspertlar qo‘liga Rossiya va Amerikaga tegishli ikkita zamonaviy quruq payok tushib qoldi. Ikkala taomnomani obdon taqqoslash orqali qaysi armiya askari bevosita jang maydonida yaxshiroq ovqatlanishini bilib olish mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Rossiyaning “Katta Sakkizlik”ka qaytishi haqida faqat bir nechta bayonotlar mavjud.
“Biz Eron Xusiy va shunga o‘xshash jangarilarga yordam berayotganidan xabardormiz. Bunday harakatlar mintaqa xavfsizligiga tahdid soladi”
AQSh diplomati, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp va Davlat kotibi Mayk Pompeoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.