Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyev bugun navbatdagi jangini o‘tkazadi

A A A
Bektemir Meliqo‘ziyev bugun navbatdagi jangini o‘tkazadi

Professional boksning super o‘rta vaznida faoliyat yuritayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev bugun navbatdagi bahsda ishtirok etadi, deya xabar qilmoqda GoSport.

Meliqo‘ziyev AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida meksikalik Rikardo Adrian Luna Floresga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekistonlik bokschi uchun professional faoliyatidagi ikkinchi jang bo‘lgan mazkur bahs olti raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Luna Flores faoliyati mobaynida 29 jang o‘tkazib, 22 g‘alaba, 6 durang va bir marta mag‘lubiyat qayd etgan. U 14 bor raqiblarini nokautga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 13 iyunda prof boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Kiritildi: 05:00 30.08.2019. O'qildi: 2704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik