Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Federal tergov byurosi o‘zbekistonlikni ayg‘oqchilikka majburlagan

AQSh Federal tergov byurosi o‘zbekistonlikni ayg‘oqchilikka majburlagan

2012 yilda AQShga kelgan Bilol federallar bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘lgan. Aks holda u mamlakatdan chiqarib yuborilishi aytilgandi.

Jurnalist Arun Venugopal o‘zbekistonlik immigrant Bilol (ismi o‘zgartirilgan) AQSh Federal tergov byurosi tomonidan ayg‘oqchilikka majburlanganini yozdi.

Gothamist nashrida e’lon qilingan maqolada ta’kidlanishicha, 2012 yili AQShga kelgan Bilolning viza muddati o‘tib ketgandi. 2017 yili Nyu-York polisiyasi, immigrasiya tashkiloti mutasaddilari hamda FTB xodimlari uning uyiga kelib, noodatiy taklifni bildirgan.

O‘zbeklar uchun o‘zbekistonlik ayg‘oqchi

Ma’lum qilinishicha, u bilan muzokara olib borgan dog‘istonlik hamda slavyan millatiga mansub FTB xodimlari Bilolning diniy e’tiqodiga katta qiziqish bildirgan.

U AQShdagi jinoyatchilarni qo‘lga tushirishda ko‘maklashsa, mamlakatda qonuniy qolishi, aks holda chiqarib yuborilishi aytilgan. Garchi bu ish bilan shug‘ullanmagan bo‘lsa-da, Bilol taklifga ko‘nadi.

Hukumat bilan tuzilgan kelishuvda Bilolning AQShda bo‘lishi o‘zining sa’y-harakatiga qarab uzaytirilishi, agar u hamkorlikdan bosh tortsa, darhol deportasiya qilinishi belgilangan.

Biloldan so‘ralgan talab shuki, u O‘zbekistonda keladigan vatandoshlari bilan aloqani tiklab, ularni kuzatib borishi kerak edi. U yangi immigrantlarning diniy e’tiqodi, siyosiy qarashlarini o‘rganib, ma’lumotlarni federallarga aytib turgan.

FTB terrorchilar hujumidan shunday himoyalanyapti

Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Nyu-York universiteti eksperti Faiza Patelning aytishicha, FTB 11 sentyabr voqealaridan so‘ng ko‘plab musulmon immigrantlarni og‘dirib olishga harakat qilyapti.

Ayni paytda uning rasmiylar bilan munosabatlari jamoatchilikka oshkor bo‘lgach, Bilol deportasiya maqsadida qo‘lga olingan.

Kiritildi: 15:57 25.08.2019. O'qildi: 3617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!