Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya "Katta Sakkizlik"ka qaytadimi?

Rossiya "Katta Sakkizlik"ka qaytadimi?

“Rossiyani "Katta Sakkizlik"ka qaytarish ehtimoli haqida gapirishdan oldin, G7 ishtirokchilari bu masala bo‘yicha mushtarak pozisiyani kelishib olishlari kerak”, dedi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiyani 2020 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qilish haqidagi chorloviga rozi bo‘lgandi. Tramp bu masalani Biarrisdagi G7 sammitida ko‘tarishi kutilmoqda. O‘z navbatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya G7 mamlakatlari bilan har qanday aloqani foydali deb bilishini va G8 formatining qayta tiklanishini istisno etmasligini aytdi.

«Har qanday takliflar rasmiylashtirilishi va ko‘rib chiqilishi uchun Rossiya tomoniga topshirilishi kerak. Agar “Kuchli yettilik” o‘zining takliflari jiddiy ekanligini bildirmoqchi bo‘lsa,  ushbu mavzuni muhokama qilishni jamoatchilikdan rasmiy tomonga o‘tkazish kerak”, dedi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Rossiyaning “Katta Sakkizlik”ka qaytishi haqida faqat bir nechta bayonotlar mavjud.

Ma’lumot uchun, G8 formati 1998 yildan beri mavjud. 2014 yilda G7 ga qisqartirildi, Qrimdagi voqealar fonida klub a’zolari Sochidagi keyingi sammitga bormaslikka qaror qilishdi, ammo Rossiyasiz Bryusselda yig‘ilishdi. G‘arb mamlakatlari Rossiya Federasiyasini Ukraina ishlariga aralashganlikda aybladi va sanksiyalar kiritdi. Moskva qasos oldi, barcha ayblovlarni bir necha bor rad etdi va u bilan sanksiyalar tilida gaplashish samarasiz ekanligini aytdi. So‘nggi paytlarda G‘arbda Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarni bekor qilish zarurati haqida fikrlar tobora ko‘payib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyadan tashkil topgan G7 rahbarlari 24-25 avgust kunlari Fransiyadagi Biarris shahrida yana yig‘ilishadi.

 

Kiritildi: 23:40 22.08.2019. O'qildi: 3043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!