Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Yamanda AQShning yana bir uchuvchisiz harbiy samolyoti urib tushirildi

Yamanda AQShning yana bir uchuvchisiz harbiy samolyoti urib tushirildi

AQShning MQ-9 harbiy samolyoti Yamanning  janubiy-sharqida joylashgan Dhamar viloyatida urib tushirilgan. Hozirda ushbu hudud jangari Xusiy guruhi tasarrufidadir. AQShning ikki rasmiysi Reuters agentligiga bu hodisa so‘nggi oylardagi ikkinchisi  bo‘lganini ma’lum qilgan.

O‘zini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan rasmiylarning ta’kidlashicha, samolyot seshanba kuni kechqurun o‘qqa tutilgan.

Rasmiylardan birining so‘zlariga ko‘ra, Kaliforniya shtatidagi General Atomics tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy samolyot Eron bilan birlashgan Xusiy guruhi tomonidan boshqarilayotgan raketa orqali urib tushirilgan.

“Biz Eron Xusiy va shunga o‘xshash jangarilarga yordam berayotganidan xabardormiz. Bunday harakatlar mintaqa xavfsizligiga tahdid soladi”, dedi AQSh harbiy qo‘mondoni.  Samolyotni yo‘qotish qimmatga tushgan bo‘lsa-da, AQSh bunga javob qaytarishi ehtimoldan yiroq, deydi rasmiylardan biri.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Eron MQ-9 samolyotidan kattaroq bo‘lgan AQShning Global Hawk nomli uchuvchisiz samolyotini urib tushirgandi. AQShning javob zarbalari deyarli aniq edi. Ammo kutilmaganda Tramp hujumni bekor qildi, chunki u 150 kishining hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin edi.

O‘tgan yili Tramp Eronni yadroviy qurollardan voz kechishga ko‘ndirolmagach, yangi sanksiyalarni joriy etgan va Eron  yangi jazo choralarini «iqtisodiy urush», deb atagandi.

 

Kiritildi: 22:38 22.08.2019. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!