Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh kompaniyasi Navoiyda katta shifoxona quradi

AQSh kompaniyasi Navoiyda katta shifoxona quradi

AQShning «US Inc.» kompaniyasi Navoiy shahrida Klinik-diagnostik laborator-tadqiqot bazasi va Tez tibbiy yordam markazi quradi. 19 avgust kuni O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi Javlon Vahobov komaniya direktori Mark Vinters bilan uchrashgan.

Qurilish loyihasi mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiyga tashrifi chog‘ida taqdim qilingandi. Amerikalik investor shu paytgacha Navoiyda «US SCIENTIFIC NAVOI» MCHJni ochgan. Viloyat hokimi esa qurilish uchun 0,75 gektar yer ajratgan.

17 may kuni o‘zbek-amerika-kanada biznes forumida Navoiy viloyati hokimligi va «US Inc.» kompaniyasi loyihani amalga oshirish uchun memorandum imzolagan. Loyiha qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritish orqali 24 mln. dollarni tashkil qiladi. Loyiha ishga tushgach, 200 odam ish bilan ta’minlanadi.

Suhbatda davomida Mark Vinters O‘zbekistonga kelishini aytgan. Tashrif paytida Navoiy shahrida yangi shifoxonaning bosh rejasi taqdim qilinadi.

Kiritildi: 14:39 25.08.2019. O'qildi: 2860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!