Бугун 13 июнь, 2026 йил, шанба

O'ZB

АҚШ ва Жанубий Кореяга ноқонуний юборишни ваъда қилган шахслар ушланди

АҚШ ва Жанубий Кореяга ноқонуний юборишни ваъда қилган шахслар ушланди

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi 1969 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs poytaxtda istiqomat qiluvchi 2001 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishchi viza asosida yuborish va buning uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 22 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Andijon viloyatida qayd etilgan holatda esa Izboskan tumanida yashovchi 1993 y.t. shaxs asakalik 26 yoshli fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali unga ishchi viza tayyorlatish hamda Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam 1999 y.t. boshqa bir fuqaroni ham Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, pul olganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Киритилди: Бугун 15:05. Ўқилди: 204 марта. Фикрлар сони: 0 та.
telegram channel

Бўлимга тегишли қизиқарли хабарлар

Энг кўп ўқилган янгиликлар

Фикр билдириш учун қайдномадан ўтишингиз сўралади ва телефон ракамни тасдиклаш керак булади!