Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimiyati Baynalminal ko‘chasini qayta ta’mirlaydi va uning nomini Seul deb o‘zgartiradi. Ushbu ko‘cha o‘zbek – koreys madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shermatovning yozishicha, hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 26 iyun kunidan boshlab yangi qiymati belgilandi.
Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari sabab, ayrim ko‘chalarda ma’lum vaqtgacha avtotransport harakati to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo‘yildi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov xabar bergan.
AQSh hukumati yaqin orada Koreya yarimorolini yadrosizlantirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish grafigini KXDRga taqdim qilmoqchi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda, dedi "daryo.uz".
Ijtimoiy tarmoqda Aurus Senat sedanining (sedan — uzaytirilgan kuzov va alohida ajralib turadigan yukxonaga ega, odatda 2 yoki 3 qator eshiklari bor avtomobil turi) dastlabki rasmiy suratlari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda «Motor».
Bosh vazir yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun qat’iy choralar qo‘llanilishini bildirib o‘tgan.
Xiaomi kompaniyasining Redmi 6 Pro smartfoni rasman taqdim etilib, u haqdagi ma’lumotlar kompaniya saytiga ham joylandi. Mazkur model haqida shu paytgacha mish-mish tarzida tarqalib kelgan insayderlar ma’lumotlari o‘z tasdig‘ini topdi.
25 iyun, dushanba kuni ertalab Xitoy sharqida yuk tashuvchi mashina (avtopogruzchik) bir guruh odamlarni urib yubordi. Bu haqda jamoatchilik xavfsizligi shahar boshqarmasining ma’lumotiga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi parranda grippi xavfi tufayli Rossiyaning 36 ta parrandachilik fabrikasidan mahsulot olib kirilishini taqiqladi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Janubiy Koreya Milliy Assosiasiya vazirligining xabar berishicha, Seul rasmiy Pxenyan bilan iqtisodiy loyihalarni qaytadan boshlaydi, deya xabar berdi "uza.uz".
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi valiahd shahzodasi Uilyam Isroilga tashrifi arafasida Quddus shahrining maqomi borasida fikr bildirdi. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ayni damda Braziliya o‘z guruhida katta ehtimol bilan birinchi o‘rinni egallaydi.
Islomda hanuz jodu, folbinlik va shu kabi amallar qat’iyan taqiqlanadi. Agar usmoniy turklar mamlakatida xaliflik hukm surganligini hisobga olsak, bu yerda shariat qonunlarigina amal qilgan.
Hamal Hafta boshidayoq hamkorlar bilan muhim shartnomalar imzolaysiz. Hech xavotir olmang, ularni amalga oshirishda ortiqcha qiyinchilik bo‘lmaydi. Cizni qo‘llab-quvvatlovchilarning yordamini rad etmang. Ishingizda kutilmagan yangiliklar bo‘lishi ehtimoli bor. Bo‘ydoq «hamal»lar muhabbatini uchratadi. Hafta so‘ngida oilaviy sayohatga chiqishingiz mumkin.
“Manchester Evening News” nashrining yozishicha, “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”dan ketish borasida qat’iy qarorga kelgan.
Turkiyaning Shonliurfa viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir avtomobilni to‘xtatib, undan to‘rt qopda saylov byulletenlarini topdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
25 yoshli musiqachi Nik Jonas 35 yoshli Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra bilan yaqin munosabatda ekanliklari ma’lum bo‘ldi, deya ta’kidlamoqda Segodnya.ua nashri.
Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etildi, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri.
AQShning Los-Anjeles shahrida buyuk mutafakkir va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook‘dagi sahifasida e’lon qildi, deya xabar berdi "xs.uz".
Floridalik erkak o‘g‘irlik vaqtida sodir etgan qotilligi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Florida Times-Union’ga tayanib, Forum Daily xabar qilmoqda, dedi "daryo.uz".
Fransiyaning Aigle Azur aviakompaniyasiga tegishli yengil motorli samolyot Gvineya g‘arbida halokatga uchradi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Tojikistonda suyultirilgan gaz narxi birdaniga oshib ketdi. Bunday holat Qozog‘istondagi tariflarning oshib ketishi bilan izohlanyapti. Mamlakat monopoliyaga qarshi kurash xizmati So‘g‘d viloyati vakolanxonasi rahbari Nosir Akmalzodaning aytishicha, bir tonna mahsulot qiymati 384 AQSh dollaridan 587 AQSh dollarigacha ko‘tarildi.
“Xalq so‘zi onlayn” nashri saytimiz o‘quvchilari uchun eksklyuziv intervyu olish maqsadida hakamimiz bilan bog‘landi. Ravshan Ermatov FIFA tartiblariga binoan hozircha intervyu bera olmasligini, ammo butun O‘zbekiston xalqi, qolaversa, Osiyo qit’asidagi muxlislarining qo‘llab-quvvatlashlarini qalban his qilayotganini va bundan cheksiz hayajonda ekanini bildirdi.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-21, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkentda hayvonlar sotiladigan eng katta nuqtalardan biriga aylangan «Yangiobod» bozorida sotilmay qolgan jonivorlarni bozorga yoki uning tashqarisiga tashlab ketish odat tusiga kirgan, deb yozadi «Podrobno.uz». Tashlab ketilgan jonivorlar esa bir necha kun ichida vafot etadi. Ushbu vaziyatni nazoratga olishni so‘rab, «Mehr va Oqibat» nodavlat-notijorat tashkilotiga jamoaviy ravishda murojaat qilishdi.
Avvalroq Qozog‘iston prezidentining qizi – Dariga Nazarboyeva qizini turmushga uzatgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yosh leytenantlarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta’lim muassasalari — Qurolli Kuchlar akademiyasi (umumqo‘shin fakulteti), Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tezxnologiyalari universiteti maxsus fakulteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida yosh ofiserlarning navbatdagi bitiruvi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi. O‘zbekistonda zahiradagi ofiserlar haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi.