Ayni damda Braziliya o‘z guruhida katta ehtimol bilan birinchi o‘rinni egallaydi. Keyingi guruhda esa Germaniya terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallashi ehtimoli katta. Agar guruh bosqichi uchinchi turida “nemis mashinasi” Janubiy Koreyani ishonchli tarzda mag‘lub etsa, ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi.
Shunda musobaqa reglamentiga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi nimchorak finalda aynan Germaniya bilan bahs yuritadi. Aynan ana shu o‘yinda Neymar maydonga tusha olmasligi mumkin.
Sababi Braziliya terma jamoasi guruh bosqichi uchinchi turida Serbiyaga qarshi o‘ynaydi. Bordiyu ushbu matchda Neymar sariq kartochka oladigan bo‘lsa, bu uning uchun ikkinchi sariq kartochkaga aylanadi va hujumchi Germaniyaga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tusha olmaydi.