Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Baynalminal ko‘chasining nomi Seul deb o‘zgartiriladi

Baynalminal ko‘chasining nomi Seul deb o‘zgartiriladi

Toshkent shahar hokimiyati Baynalminal ko‘chasini qayta ta’mirlaydi va uning nomini Seul deb o‘zgartiradi. Ushbu ko‘cha o‘zbek – koreys madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimiyati Baynalminal ko‘chasini qayta ta’mirlash uchun tanlov e’lon qildi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

“Baynalminal ko‘chasining nomi Seul deb o‘zgartiriladi va u o‘zbek-koreys madaniyati simbiozini aks ettiruvchi dizaynga ega bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Qayta qurish ushbu ko‘chaning Beshyog‘och massividan Oqchepa chorrahasigacha bo‘lgan qismida amalga oshiriladi.

Ko‘chaning yangi ko‘rinishida O‘zbekiston va Koreya xalqlari madaniyatini aks ettiruvchi ranglar, simvollar va landshaft detallaridan foydalaniladi. Asosiy ramz esa – inson va uning atrofidagi dunyo bo‘ladi.


Manba: sputniknews-uz.com

Kiritildi: 14:49 25.06.2018. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!