Moskva hukumati vaziri Vladimir Yefimov migrasion markazi ish yakunlari haqida ma’lumot berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni amaliy uchrashuv hamda 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘ladigan jahon chempionati final o‘yiniga taklif qildi. Bu haqda Maariv nashri xabar berdi.
Joriy yilning 6 may kuni Toshkent harbiy okrugi dala-o‘quv maydonida ochilgan yangi Tank biatloni majmuasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlariga tantanali tarzda diplom va ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, dedi "daryo.uz".
Oldin xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o‘tkazmoqda.
Farzandini oq yuvib, oq tarab parvarishlagan ona uchun bu dunyoda undan azizroq ne’mat yo‘q... Shunday deymizu ammo atrofimizda sodir bo‘layotgan dilni xira qiladigan turli holatlarni ko‘rib, eshitib nafasimiz ichimizga tushgandek bo‘ladi.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli xorvatlardan qabul qilingan xunuk mag‘lubiyat (0:3) da avvalo, o‘zini aybladi, deya yozadi “InterFutbol” nashri. Nashrning ta’kidlashicha, Sampaoli olida boshqa yo‘l ham yo‘q bo‘lgan. Nega deganda tuppa-tuzuk tarkib va Lionel Messidek megayulduzga ega favorit jamoaning guruh bosqichidan o‘tishi so‘roq ostida turibdi.
BMTTD O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun «Iqlim qutichasi» deb nomlangan o‘quv-o‘yin materiallari taqdimotini o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarga 6 mlrd so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi.
Oldin xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o‘tkazmoqda.
Bugun jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ikkita guruhda nimchorak finalning to‘rtta yo‘llanmasi egalari ma’lum bo‘ladi.
Ayni kunlarda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim dargohlarida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.Amaldagi tartibga ko‘ra o‘qishga kirishni xohlovchilar qabul komissiyasiga boshqa tegishli hujjatlar bilan birga 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnomani ham taqdim etishlari kerak.
Belconnen United va Canberra klublari o‘rtasida kechayotgan matchda maydonga kenguru yugurib chiqdi, deya xabar qildi Darakchi nashri.
Endi «Instagram» kabi «Feysbuk» foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqdan qancha vaqt foydalanayotganlarini bilib olishlari mumkin bo‘ladi, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri, dedi "zamin.uz".
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Respublika patoanatom markazi direktori, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdullaxo‘jayeva Malika Samatovna 86 yoshida vafot etdi.
Joriy yilning 21-25 iyun kunlari Belarusning Minsk shahrida 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmatning rapid va blis yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston shaxmat federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqaro S.Rahimov asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan edi. Bu haqda u sudga murojaat qilib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasiga nisbatan ishga tiklash va majburiy “progul” uchun haq undirishni so‘ragan. Birinchi instansiya sudi tomonidan da’vo talablari rad qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 26-30-iyun kunlariO‘zbekistonda ilk marotaba Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi o‘tkaziladi.
Andijondagi kanalga o‘zi va bolalarini tashlab joniga qasd qilgan ona qutqarib qolinganiga qaramay, uning ikki nafar farzandi voqea joyida vafot etdi.
Avstraliyalik Karlo Massetti bir oy ichida 3 marta lotereyada yutdi. Bu haqda 9newsga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Xitoyning Venlin shahrida qiz Ferrari 458 Italiya superkarini avtosalondan ijaraga olib chiqqanidan bir necha daqiqa o‘tgach avariya sodir qildi. Voqea aks etgan videoni Daily Mail o‘zining YouTube kanalida taqdim qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
O‘zbekistonda 2013-2017 yillarda gilos yetishtirish plantasiyalari jadal suratlarda kengaytirilishi tufayli mamlakatda gilos eksport qilish sezilarli darajada o‘sdi va u eksport hajmi jihatidan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Bu bilan O‘zbekiston gilos eksporti hajmi bo‘yicha Icpaniyadan ham oshib ketdi, deya xabar bermoqda Fruit-Inform hamda EastFruit.com.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi ichki iste’mol bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarning arzon va qimmat narxlarini e’lon qildi.
27 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mudhish qotillik haqida batafsil ma’lumot berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan narkobiznesga qarshi kurash davomida musodara qilingan giyohvandlik vositalarining navbatdagi to‘plamini yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston saperlari 1 sentyabrdan xalqaro minaga qarshi o‘quv markazida tahsil olishni boshlashadi.
Tojikistonlik iqtisodchi O‘zbekiston nima sababdan Tojikistondan katta miqdorda sement sotib olayotganini aytdi.
25 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Milliy bank filiali rahbariyatidan 270 ming dollar pul yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Namangan shahrida 24 iyun kuni Chortoq shahar Bog‘ mahallasida yashovchi SH.H. Zarbdor MFY hududida joylashgan «Ummon FBK» fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, shu fermer xo‘jaligi ishchisi M.M.ning kurak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Evropa ittifoqi BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyusiyasi qabul qilinishi munosabati bilan bayonot berdi.