Nigeriyaning Lagos shahridagi ko‘prikda yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
2018 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev va “Ozodlik” radiosi xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vise-prezidenti Ninad Pejich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan Oq uyda bo‘lgan uchrashuvda unga Yevropa Ittifoqidan chiqishni taklif qilgan. Bu haqda “The Washington Post” xabar bermoqda.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Meksikaga charter qatnovini bajaradi, deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot-xizmati.
2018 yil iyun oyida O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari, guruch va spirtlik ichimliklarning narxi ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.
Navoiy shahrilik tadbirkor A. Qodirov tabiiy gaz hisoblagichini to‘xtatib qo‘yishning ilgari uchramagan yo‘lini topib, o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotgan edi.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Oreshkinning ma’lum qilishicha, mamlakat Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQShning po‘lat va alyuminiyga yangi bojlari bo‘yicha shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
AQSh Eronga bosim o‘tkazishda davom etmoqda va boshqa davlatlar ham Eronning Shimoliy Koreyaga o‘xshashini tan olishidan umidvor. Bu haqda Islam-today xabar tarqatdi.
E’tiboringizga “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqidagi siz bilmagan faktlarni havola etamiz.
Suriyadagi ISHID jangarilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda ayblangan Lafarge sement kompaniyasi bilan bog‘liq tergov harakatlari boshlandi. Kompaniya insoniyatga qarshi jinoyatlarga sherik bo‘lish va Suriyada insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yishda ham ayblanmoqda.
Samarqand viloyati IIB jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatlarni issiq izidan ochish va fosh etish, ommaviy tartibsizliklar va boshqa maxsus tadbirlarda foydalanishdagi samaradorligini tahlil qilish, viloyat ichki ishlar organlari tizimida innovasion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatkichlarini oshirish, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini amaliyotga joriy etish maqsadida uchuvchisiz boshqariladigan zamonaviy «Dron» texnologiyasidan tajriba tariqasida foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
Milisiya xodimlari tomonidan avval do‘pposlanib, so‘ng nomusi toptalgani haqida hamma yoqqa murojaat qilib ko‘rgan Salima Muhammadjonovaning eri Igor Gubanov kuni kecha insultdan vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Neftchi” jamoasiga klub raisi tayinlangan.
Shveysariyaning Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja va uning hamkasblari Fanni Margayras va Elis ParmentYE Gulnora Karimova bilan uchrashish uchun Toshkentga keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ishqibozlarning Saloh yashaydigan uy oldidan olingan videolari keng ommalashmoqda.
Joriy yilning 1 avgustidan boshlab Markaziy bank zaxirasidagi qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha 30 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
28 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Savol: — Assalomu alaykum, hazrat, bizni anchadan beri qiynab kelayotgan savol bor edi, shu savolga sizdan javob olish maqsadida sizga murojaat qilishni ma’qul topdik.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi «O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyati faoliyati, xususan uning narx belgilash siyosati, ushbu jarayonda dehqonlar bilan maslahatlashilmasligi yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar kuzatilmoqda. Shuningdek, kompaniyaning 1200 so‘mdan piyoz xarid qilishi borasidagi taklifidan ham norozilar topilmoqda. Aytishlaricha, kompaniya hamma dehqonning piyozini olmayotgan emish. Xo‘sh, ushbu holatlarni mutasaddilar qanday izohlaydi?
Marokash futbol federasiyasi FIFA prezidenti Janni Infantinoga maktub yo‘llab, unda JCH-2018 guruh bosqichining Ispaniya va Portugaliyaga qarshi kechgan 2- va 3-tur o‘yinlarini boshqargan hakamlar faoliyatiga salbiy baho berdi.
Seagway kompaniyasi shaxsiy elektrotransportning yangi turini namoyish etdi. U rolik bilan giroskuterning aralashmasiga o‘xshab ketadi.
Siz suratda ko‘rib turganingiz Buxoro shahridagi ta’mirga muhtoj son-sanoqsiz madrasalardan biri. XVIII asrga tegishli ekanligi aytiladigan Husayni madrasasining bugungi ahvoli ham har qanday kishi qalbida achinish uyg‘otadi.
AsiaHitGroup nomi bilan tanilgan qonunbuzarlar guruhi, shu yilning o‘zidayoq Google Play’da firibgarlik ilovasining uchunchi to‘lqinini tarqatishga ulgurishdi. Bu safar xakerlar fonli (foydalanuvchilarga ko‘rinmaydigan) push-bildirgidan foydalanishgan, maqsad, jabrlanuvchini mobil mukofotga rozi qilish.
Afg‘oniston polisiyasi spesnazi qo‘mondoni Azizulloh Karvan Qobulda noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo News kanalidan olingan ma’lumot asosida.
Braziliya futbolchilari Serbiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozongandan so‘ng chempionatning 1/8-bosqichiga o‘tdi.
25 iyun kuni Turkiya masjidlarida yozgi Qur’on kurslari ochildi, deya xabar bermoqda “Anado‘li” agentligi. Bu yilgi kurslar “Masjidda bola sasi – Vatanimning nash’asi” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Rossiya Oliy sudi o‘nlab Suriya fuqorolarining o‘zlariga vaqtincha boshpanga berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqishdan voz kechdi.
O‘zbekistonda mashina oynalarini qoraytirganlik uchun jarima 25 baravarga oshirilishi mumkin.