Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

“Bolalarimiz Qur’on bulbuli bo‘lsin”

A A A
“Bolalarimiz Qur’on bulbuli bo‘lsin”

25 iyun kuni Turkiya masjidlarida yozgi Qur’on kurslari ochildi, deya xabar bermoqda “Anado‘li” agentligi. Bu yilgi kurslar “Masjidda bola sasi – Vatanimning nash’asi” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Qur’on kurslari 17 avgustga qadar davom etadi. Darslarda bolalarga nafaqat Qur’on o‘qish o‘rgatiladi, balki asosiy diniy tushunchalar beriladi.

Ayniqsa Diyorbakir, Shirnak, Batman, Mardin, Siirt, Bingo‘l va Elazig‘ viloyatlarida kurslarga talab katta bo‘ldi. Jumladan, Diyorbakirdagi 2015 masjidda Qur’on kurslari ochildi. Viloyat muftiysi Yavuz Selim Karabayirning aytishicha, o‘tgan yilgi kurslarga 66 ming o‘quvchi jalb etilgan, bu yil esa mazkur raqamni 100 mingga yetkazish rejalashtirilgan.

“Maqsadimiz har yili kurslarga keladigan bolalar sonini ko‘paytirish. Bolalarimiz Qur’on bubuli bo‘lsin, Qur’on axloqi bilan voyaga yetsin”, – deydi muftiy.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:57 29.06.2018. O'qildi: 2019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik