Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda yana bir «City» barpo etiladi

A A A
Toshkentda yana bir «City» barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Olmazor tumanining yangi markazi - «Olmazor city»ni barpo etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta’lim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari loyiha taklifini ma’qulladi.

Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tumandagi bo‘sh turgan binolarni inventarizasiyadan o‘tkazish, xorijiy investisiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 17:07 29.06.2018. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik