Suriyadagi ISHID jangarilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda ayblangan Lafarge sement kompaniyasi bilan bog‘liq tergov harakatlari boshlandi. Kompaniya insoniyatga qarshi jinoyatlarga sherik bo‘lish va Suriyada insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yishda ham ayblanmoqda.
O‘tgan yili Lafarge mutasaddilari Suriyaning shimolida joylashgan Jalabiyadagi zavod yopilib qolmasligi uchun hududdagi ba’zi qurolli guruhlarga pul to‘laganini tan olgan edi.
Biroq kompaniya ba’zi ayblovlarga e’tiroz bildirmoqchi. Kompaniyaning sobiq sakkiz boshqaruvchisi ustidan ham tergov boshlanadi.
Kompaniya Suriyadagi zavodini 2014 yilda yopdi va bir yil keyin Shveysariyaning Holcim kompaniyasi bilan birlashib, LafargeHolcim nomini oldi. Kompaniyaning 80 mamlakatdagi zavodlarida 80 ming kishi ishlaydi.
Manba: azon.uz