Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi

A A A
Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan arizalardan quyidagi miqdorlarda boj undiriladi:

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan — da’vo bahosining 4 foizi (oldin – 2 foiz) miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravari (oldin – 50 foiz) ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;

takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 4 baravari (oldin – 120 foiz) miqdorida;

uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatlangan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;

alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan — eng kam ish haqining 1 baravari (oldin – 10 foiz) miqdorida.

Iqtisodiy sudlarga kiritiladigan mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan — da’vo bahosining 2 foizi (oldin – 1 foiz) miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda boj undiriladi.

Manba: daryo.uz
 

Kiritildi: 23:06 19.07.2018. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik