Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"O‘zstandart": Halol standarti sertifikatini beruvchi tashkilot tuziladi

A A A
"O‘zstandart": Halol standarti sertifikatini beruvchi tashkilot tuziladi

O‘zbekistonda tez orada halol standarti sertifikati beradigan tashkilot tuziladi. Bu haqda Milliy matbuot markazida o‘tgan matbuot anjumanida "O‘zstandart" agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov ma’lum qildi.

O‘zAning yozishicha, rasmiy: “O‘zbekistonda halol standarti bo‘yicha hali to‘liq tizim ishlab chiqilmagan, halol standarti sertifikati beradigan tashkilotlar mavjud emas. Shu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Tez orada halol standarti sertifikati beradigan tashkilotga ega bo‘lamiz”, -deb aytgan.

Shukurovga ko‘ra, agentlik bu borada Halol standarti sohasida islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) bilan tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:23 20.07.2018. O'qildi: 2658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!