— Nikohsiz tug‘ilgan bolaga aliment to‘lanadimi? (M.K. Toshkent viloyati, Krasnogorsk shaharchasi)
“Oskar” mukofoti sovrindori, amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua yosh rejissyor Muxlisa Azizovaning “Scorpion” filmini ovozlashtirish ishlarida ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, AQShda hozirgi kunda 800 ming boshpana so‘rayotgan kishi mavjud, ular o‘z so‘rovi bo‘yicha qaror qabul qilinishini kutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Buxoro viloyatida avtobusdagi gaz balloni portlab ketishi oqibatida vafot etganlarning oilasiga moddiy yordam pullari ajratildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Kun.uz’ga ma’lum qildi.
2018 yilning 18 sentyabr kuni soat 07:30larda ISUZU rusumli avtobus Kogon tumanidagi “Zelich oil” metan gaz quyish shoxobchasidan yoqilg‘i quyib, taxminan 700 metr masofa yurganidan so‘ng, “Kogon-Qorovulbozor” yo‘nalishining 201 km.da harakatlanib ketayotganida gaz balloni portlagani xabar qilingandi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi. Adliya vazirligi ushbu qonunning yangi loyhasini ishlab chiqqani haqida «Turon24» xabar bermoqda. Bu loyiha hozirda chet ellik mutaxassislar muhokamasidan o‘tmoqda.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston Respublikasiga 2018 yildan 2021 yil oralig‘ida 1,3 milliard dollar taqdim etadigan bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik o‘zbekiston muxbiri.
Avstraliyada Yangi G‘arbiy Uels shtati polisiyasi banan va olma ichida ignalar aniqlanganligi holati bo‘yicha tergovni boshladi.
Samarqand shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
O‘qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog‘liq bo‘lgan xalqning savodli bo‘lishi uchun poydevorni aynan o‘qituvchilar qo‘yishadi. Ayrim mamlakatlarda o‘qituvchilarning davlat rivoji uchun qo‘shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to‘lanadi.
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 sentyabr kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi.
Oxirgi uch oyda tashqi iqtisodiy sharoitlarining o‘zgarishi ichki valyuta bozorida milliy valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
«Kun.uz saytida e’lon qilingan «Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Murtak qishlog‘i aholisi farzandlarini qaysi maktabda o‘qitadi?» nomli maqola Kattaqo‘rg‘on tumani mutasaddilari tomonidan o‘rganildi. Maqolada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar olib borildi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saytida e’lon qilingan maqolada bugungi kunda jahon arenasiga chiqish uchun bor imkoniyatlardan foydalana olyapmizmi, degan mushohada yuzasidan fikr yuritilgan.
Xalqaro boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov tashkilot rahbari sifatida amalda qolishi boksning Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarilishiga sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Assalomu alaykum, ayol yolg‘iz holda taksiga chiqishi mumkinmi? Ayol kishi mahramsiz uchoqda safar qilishi joizmi?
Afsonaviy basketbolchi Manu Jinobili hujumchi Lionel Messining so‘zlariga izoh berdi, unda argentinalik o‘zini «futbol Jinobilisi», deb atagandi.
"Turon24" muxbiri akademik Naim Karimov bilan suhbat uyushtirdi.
Bir necha yil ilgari Qozog‘iston un eksporti bo‘yicha jahon bozorida yetakchi edi. Lekin hozir emas. Qozog‘istonlik tegirmonchilar o‘z ishlarini to‘xtatmoqdalar - yil sayin mamlakatda ishlayotgan tegirmonlar soni kamaymoqda.
Bugun Toshkent shahri aholisi 2,5 milliondan ziyodni tashkil etib, ulardan 1,5 million kishi mehnatga layoqatli. Shundan 1,1 million nafari ish bilan band, qariyb 99 ming kishi ishsiz, 90 mingdan ortig‘i esa mehnat migrantlaridir.
Namanganning “Navbahor” futbol klubi muxlislari sabab jiddiy jazoga tortildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro-"Qorovulbozor" magistral yo‘lida 26 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusning yo‘l transport halokatiga uchrashi va gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.
Qozog‘iston parlamenti senati raisi Kasim-Jomart Tokayev Twitter’dagi rasmiy akkauntida yoshlarni dabdabali to‘ylarni o‘tmishda qoldirishga chaqirib, maqtanchoqlik bilan qilinayotgan isrofgarchilik va hashamat kishini jonidan to‘ydirganini aytdi.
Bugun, 18 sentyabr kuni soat 08:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro—Qorovulbozor magistral yo‘lida avtobusning gaz baloni portlashi natijasida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.
Assalomu alaykum, qizni turmushga berishda kuyov tomonga hamma aybini bildirish kerakmi? Yoki boshqacharoq so‘rayman, qanday kasalliklarini quda tomonga aytish kerak?
Oyga sayohat qiladigan ilk havaskor inson yaponiyalik milliarder Yusaku Mayezava bo‘ladi. Ilon Mask bu haqida kompaniyaning Los Anjelesda joylashgan bosh shtab kvartirasida bo‘lib o‘tgan marosimda malum qildi. Hozirda SpaceX bu sayohat uchun maxsus BFR raketasini ishlab chiqarmoqda.
Kecha, 17 sentyabr kuni AQSh 200 milliard dollarga teng Xitoy tovarlariga yangi boj tariflarini e’lon qildi.
Yaponiyada 70 yoshga kirgan aholi soni 20,7 foizdan oshdi. Bunday holat mamlakat tarixida ilk bor ro‘y bermoqda. Bu yapon jamiyati tobora qarib borayotganiga ishora qiladi.
Toshkent shahrida IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining kuzgi rejali butunlay to‘xtatilishi boshqa muddatga ko‘chirilmoqda. Bu haqda “Toshissiqquvvati” xabar berdi.
Ushbu maqolada jurnalist Xurshid Serobov o‘zbek kulgu san’ati maishiy-intim mavzudan chiqib keta olmayotgani haqida mulohaza yuritadi.