Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda portlagan avtobus suratlari e’lon qilindi (foto)

Buxoroda portlagan avtobus suratlari e’lon qilindi (foto)

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 08:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro—Qorovulbozor magistral yo‘lida avtobusning gaz baloni portlashi natijasida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi. Telegram’dagi Bukhara Info kanali portlash sodir bo‘lgan avtobus suratlarini e’lon qildi.

Suratlardan portlash sodir bo‘lgan avtobus oq rangli Isuzu ekanligi oydinlashadi. Surat ostidagi izohlardan birida metan gaz balloni portlagani yozilgan.

Foto: Telegram / @Bukharainfo

FVV bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. 21 kishi turli darajada jarohat olgan, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir. Hodisa sodir bo‘lgan paytda avtobus salonida jami 26 kishi bo‘lgan.

Foto: Telegram / @Bukharainfo

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablari o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan.

Kiritildi: 12:40 18.09.2018. O'qildi: 3984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!