Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda qancha ishsiz aholi borligi ma’lum qilindi

Toshkentda qancha ishsiz aholi borligi ma’lum qilindi

Bugun Toshkent shahri aholisi 2,5 milliondan ziyodni tashkil etib, ulardan 1,5 million kishi mehnatga layoqatli. Shundan 1,1 million nafari ish bilan band, qariyb 99 ming kishi ishsiz, 90 mingdan ortig‘i esa mehnat migrantlaridir. Shuningdek, deyarli 39 ming kishi joriy yilda mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelgan yoshlar hisoblanadi.

Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Toshkent shahridagi barcha tuman Kengashlarining qo‘shma majlislarida poytaxt tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, xususan aholi bandligini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bo‘sh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish, mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar va sektorlar rahbarlarining axborotlari eshitildi. Bu haqda jurnalistlarga Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov Toshkent shahri tumanlari mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlislarida muhokama qilingan masalalar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi paytda Toshkent shahri bo‘yicha faqatgina 91 ming kishi Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan bir martalik va vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan. Bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, norasmiy band aholi soni 141 ming nafardan ziyodni tashkil etgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi poytaxt tumanlarida ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va kanalizasiya xizmatlarini yaxshilash, turarjoy mavzelaridagi drenaj-irrigasiya tizimlarini ta’mirlash va tiklash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash borasidagi ishlarning borishi haqida tanqidiy-tahliliy axborotlar taqdim etdi. Xususan, poytaxtimizning ko‘p qavatli uylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida qariyb 158 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Biroq belgilangan vazifalarning yarmidan ko‘pi (51%) o‘z vaqtida ijro etilmagan. Ayniqsa, Yashnobod, Chilonzor, Sergeli, Bektemir va Shayxontohur tumanlarida bu yo‘nalishdagi ishlar paysalga solinayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi mavjud 1440 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatidan 304 tasi moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi sababli imtiyozli kreditlar ololmagan. Ularning aksariyati Mirobod, Shayxontohur, Chilonzor, Sergeli va Yunusobod tumanlarida joylashgan.

Qo‘shma majlislarda shu yo‘nalishdagi ishlarning borishi qoniqarsiz deb topilib, mavjud muammolarni tezda hal qilish, jumladan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini uzog‘i bilan shu yilning 25 sentyabriga qadar to‘liq yakunlash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar hamda sektorlar rahbarlariga aniq vazifalar berildi.

Muhokamalar jarayonida sektorlar rahbarlari o‘z hududida aniqlangan har bir muammoning tezkorlik bilan hamda sifatli hal etilishi uchun shaxsan javobgarligi yana bir karra ta’kidlandi.

Xs.uz

Kiritildi: 12:49 18.09.2018. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!