Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ayol yolg‘iz holda taksiga chiqishi mumkinmi?

Ayol yolg‘iz holda taksiga chiqishi mumkinmi?

Savol

Assalomu alaykum, ayol yolg‘iz holda taksiga chiqishi mumkinmi? Ayol kishi mahramsiz uchoqda safar qilishi joizmi?


Javob

Fiqhiy matnlar va qoidalarga ko‘ra, ayol begona kishi haydayotgan mashinaga o‘tirishi joiz emas. Lekin bugungi kundagi holat shahar ichida qatnaydigan taksilarga nisbatan o‘zgargan. Jamoat transporti sifatida taksidan foydalanish zarurat darajasida bo‘lgani uchun undan foydalanishga monelik yo‘q. Ammo shaharlararo taksilarda boshqa yo‘lovchilar bo‘lmasa, ularga o‘tirish joiz emas.

Ayol kishining mahramsiz uchoqda uchishiga zarurat bo‘lsa va borar manzilida mahrami kutib olsa, uning yolg‘iz boshqa joyga uchishining zarari yo‘q. Chunki uchoq mashinaga qiyos qilinmaydi. Poyezdning hukmi ham shunday. Chunki bu ikki transport vositasi kishini xotirjam qiladigan nazoratchilar kuzatuvida harakatlanadi. Faqat ulardan foydalanayotgan ayollar shar’iy hududlarni rioya etishlari talab qilinadi.

Alloh yanada bilguvchiroq.

Mubashshir AHMAD

Kiritildi: 13:01 18.09.2018. O'qildi: 2825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!