Numbeo servisi jinoyatchilik bo‘yicha statistikani taqqoslagan holda dunyoning eng xavfsiz shaharlari ro‘yxatini tuzdi.
Britaniyalik aktyor Tom Xardi Marvel komikslari bo‘yicha yangi filmda birga yashashga majbur bo‘lgan yovuz o‘zga sayyoralik simbiont Venom bilan qanday umumiy jihati borligini so‘zlab berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi paromi cho‘kishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan 4 kunlik motam e’lon qildi.
Alhamdulillah, yurtimizda diniy-ma’rifiy islohotlarda yangi o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Turkiya va rossiyalik harbiylar 19—21 sentyabr kunlari Anqaradagi uchrashuvda Suriyaning Idlib viloyatidagi qurolsizlantirilgan zona chegaralarini belgilab oldi. Bu haqda 21 sentyabr Turkiya Mudofaa vazirligi xabar qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Britaniyalik olimlar gripp virusi qobig‘ida strukturasi oxirgi 50 yil ichida o‘zgarmagan qismini topib, uni ushbu kasallikdan yana bir universal vaksina yaratish uchun qo‘llashdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonidagi maydonda gala konsert tashkil etiladi.
Massachusets universiteti olimlari Kaliforniyadagi San-Andreas yorig‘i bo‘ylab bir necha oydan beri minglab yer osti mikrosilkinishlari bo‘layotganini aniqlashdi.
Bugun, 21 sentyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida ayol tunu kun ishlovchi bolalar bog‘chasiga pichoq bilan bostirib kirdi.
Bugun, 21 sentyabr kuni, soat taxminan 11:30larda Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzelining «Hamza» temir yo‘l stansiyasida transport hodisasi yuz berdi - g‘alla tashuvchi vagonlarning ag‘darilishi.
Jizzax viloyatida 2018 yilning 8 oyida salkam 2 ming yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan, deya xabar bermoqda Turon24 nashri.
Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida o‘z bolasini besh millionga sotgan ona tezkor IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Buxoro shahridagi 84-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ruhshunosi O. Z. firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
Ukrainaning «Ukraina mae talant» shousida yigit boshi va tanasini alohida-alohida harakatlantirib raqsga tushdi va hammaning olqishiga sazovor bo‘ldi. U ushbu murakkab harakatlarni juda osonlik bilan bajardi. Uning raqsini «O‘rgimchak raqsi» deb atash mumkin.
Bugun, 21 sentyabr kuni Rossiya AQSh tomonidan joriy etilgan yangi sanksiyalarga norozi yekanligini malum qildi. Rasmiy Moskva tomon takidlashicha, Vashington bu harakatlari bilan global barqarorlikka xavf solyapti va o‘t bilan o‘ynashyapti.
Bugun, 21 sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari Bunyodkor ko‘chasida to‘y kortejini to‘xtatib qolgan.
Xitoydagi "Gugun" davlat muzeyi va Suriya madaniyat vazirligi o‘rtasida tarixiy-madaniy yodgorliklarni tiklashga yordam berish haqida shartnoma imzolandi. Bu to‘g‘risida Xitoyning "Global Times" gazetasi xabar berdi.
Nyu-Yorkda ayol kishi pichoq bilan bolalar bog‘chasiga hujum qildi, deb yozadi «Korrespondent.net» mahalliy OAVlarga tayanib.
viloyatidagi tarixiy-madaniy va arxeologik yodgorliklar bilan tanishish uchun joriy yilning o‘tgan davrida 50 mingga yaqin sayyoh kelgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 21 sentyabr kuni Kemin tumaniga qilgan amaliy tashrifi chog‘ida Qirg‘izistonda oilaviy boshqaruvga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida yana bir bor ma’lum qildi.
Janubiy Afrikaning g‘arbida joylashgan sahro hududida har bahor g‘ayrioddiy tabiat hodisasi kuzatiladi.
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson “ Toshkent Sity ”dan uy olgani haqida xabar bergandik.
Fransiya hududidagi Normandiya shahrida yashovchi 57 yoshli erkak Vespa Velutina Nigrithorax deb ataluvchi qovog‘ari chaqishidan vafot etdi, deb xabar beradi The Local.
Bugun, 21 sentyabr kuni, soat taxminan 11:30larda Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzelining «Hamza» temir yo‘l stansiyasida transport hodisasi yuz berdi - g‘alla tashuvchi vagonlarning ag‘darilishi.
Avvalroq habar qilganimizdek O‘MI rasisi muftiy U.Alimov Bishkekda o‘tkazilgan «Ma’naviy ipak yo‘li.
Uzum butasi ya’ni tok yer yuzidagi eng qadimgi gulli o‘simlik bo‘lib, uning madaniy turi 7-8 ming yil avval paydo bo‘lgan. Tarixda keltirilishicha, Ko‘hna Shosh shahrining tamg‘alarida ham tok bargining tasvirlari tushirilgan ekan.
Har oyning birinchi juma kuni qon berish yo‘li orqali xayriya qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida 10 tomlik “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo san’at xazinalarida” kitoblar turkumining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
MAN Auto-Uzbekistan 21 sentyabr kuni MAN TGS 19.400 4X2 Efficient Line yuk mashinasi yangi modelini taqdim etadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
2018 yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi general-mayor G‘ofur Rahimovich Rahimov 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.