Avvalroq habar qilganimizdek O‘MI rasisi muftiy U.Alimov Bishkekda o‘tkazilgan «Ma’naviy ipak yo‘li. Buyuk insoniy an’analar va zamonaviy tahdidlar» deb nomlangan konferensiya ishtirok etgdi. Tadbir davomida Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi Ravil Gaynutdin bilan o‘tgan uchrashuv so‘nggida Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarini joriy yilning dekabr oyi birinchi o‘n kunligida Fransiyada o‘tkaziladigan konferensiyaga taklifnoma taqdim etilgan.
17 sentyabr kuni AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek rahbarligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni davlat rahbari SH.M.Mirziyoyev qabul qildi Toshkent shahrida delegasiya a’zolari «Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. Tomonlar O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali, jumladan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Zamonamizning yetuk muhaddis olimlardan biri «Asarul-hadisish-sharif fiy ixtilafil-aimmatul-fuqaho», «Adabul ixtilaf fiy masailil-ilmi vad-diyn» kabi mashhur asarlar muallifi Shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh yurtimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yurtimizning ko‘plab tarixiy qadamjolarini ziyorat qildi.
Saudiya Arabistoni hukumati umra uchun kelayotgan ziyoratchilarga qo‘yilgan ta’qiqni olib tashladi. Ya’ni, endi Saudiya Arabistoniga kelgan ziyoratchilar 30 kun davomida Saudiyaning barcha shaharlariga ziyorat yoki sayyohlik uchun borsa bo‘ladi. Faqat bu 30 kunlik ruxsatni 15 kuni Makka shahri uchun bo‘lishi shartdir – deydi haj vazirligi xodimi Abdulaziz Vazan. O‘tgan yili umraga 7 mln ziyoratchilar tashrif buyurishgan edi.
Moskva shahri yaqinida joylashgan Sheremetova aeroportida musulmonlar uchun namozxona ochilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Buning uchun alohida hudud ajratilgan. Namozxona aeroportning YE terminalining birinchi qavatida joylashgani aytilgan.