Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘ofur Rahimov vafot etdi

G‘ofur Rahimov vafot etdi

2018 yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi general-mayor G‘ofur Rahimovich Rahimov 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlarida 1949 yildan xizmat faoliyatini boshlagan G‘ofur Raximov nafaqat tezkor xizmatning malakali, kuchli xodimi, balki jamoat arbobi sifatida ham xalqqa tanildi.

U xizmat davomida, ayniqsa Andijon, Buxoro viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalari boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan vaqtida ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Bugungi kunda ular respublika ichki ishlar organlarining turli sohalarida rahbarlik lavozimlarida fidoyi xizmat qilib kelmoqdalar.

Manba: kun.uz

 

 

Kiritildi: 18:20 21.09.2018. O'qildi: 2580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!