Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«O‘zbekiston temir yo‘llari» vagonlar nima sababdan ag‘darilib ketganini ma’lum qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» vagonlar nima sababdan ag‘darilib ketganini ma’lum qildi

Bugun, 21 sentyabr kuni, soat taxminan 11:30larda Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzelining «Hamza» temir yo‘l stansiyasida transport hodisasi yuz berdi - g‘alla tashuvchi vagonlarning ag‘darilishi.

«Ushbu hodisa «Oltin tegirmon» MCHJ XK korxonasi ishchilari tomonidan yuk vagonlarini yuklash hamda yuk tushirish texnologiya jarayoni qo‘pol tarzda tuzilgani bilan bog‘liq», - deya xabar berishgan «O‘zbekiston temir yo‘llari»dan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimlari kuchi bilan qisqa muddat ichida ro‘y bergan hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Temir yo‘lning ushbu qismida poyezdlar harakati to‘xtatilmadi.

Hodisa tekshiruvdan o‘tkaziladi. Yetkazilgan zarar miqdori «Oltin tegirmon» MCHJ XK korxonasiga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yuk poyezdining ikkita vagoni ag‘darilib ketgani xabar berilgandi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, ag‘darilib ketgan vagonlar tufayli to‘siqlar va qisman - temir yo‘l yaqinida joylashgan uylarning qo‘shimcha inshootlari devori vayron bo‘lgan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 23:00 21.09.2018. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!