Hozirda AQShning Florida shtati sohillariga yetib kelgan “Maykl” dovuli 30 mlrd dollarlik iqtisodiy ziyon yetkazadi. AccuWeather kompaniyasining bunday prognozi Fox News telekanali saytida berilgan.
Aktau shahrida Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan boks murabbiyi, bir necha nufuzli musobaqalar g‘olibi Shokir Boltekulning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi.
O‘zbekiston prezidenti Yevropaga o‘zining birinchi tashrifini amalga oshirdi. Buning uchun Fransiya davlati tanlandi.
Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘yinlarning to‘rtinchi kuni ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo‘yicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Buyuk Britaniyalik keksa ayol Glenis Kup turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin tanasiga 16 ta tatuirovka chizdirdi. Turmush o‘rtog‘i hayot bo‘lgan vaqtda ayolga bu ishni qilishga qo‘ymagan, biroq erining vafotidan keyin yolg‘iz qolgan ayol tanasining katta qismini tatuirovka bilan qoplagan. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 16 oktyabrda iste’foga ketishga tayyorlanmoqda.
Poytaxtimizda professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan o‘tkazilayotgan “Tashkent Challenger“ turnirida yakkalik va juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi.
AQShning Kaliforniya shtati Indio shahrida mashg‘ulotlarni o‘tkazayotgan bokschilarimizdan ikki nafari prof ringdagi debyut jangini o‘tkazadi.
2018 yilning 11 – 17-oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetining innovasion pedagogika fakultetiga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.
Dunyoning eng yaxshi restoranlari xalqaro birlashmasi Les Grandes Tables du Monde 2018 yildagi dunyoning eng yaxshi qandolatchisi nomini ma’lum qildi. Mukofotga birinchi marta ayol kishi munosib deb topildi.
Peru prezidentligiga sobiq nomzod, mamlakatdagi yirik siyosiy partiyalardan biri “Xalq kuchi” yetakchisi Keyko Fuximori pul yuvish ayblovi bilan hibsga olingan. Bu haqda Fuximorining advokati Juliana Losa ma’lum qilgan.
Folbinlarga va fol ko‘ruvchilarga shar’iy kitoblarimizda «kohin» va «arrof» deb nom berilgan.
27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.
Mashinalarning shovqini sababli qushlar tezroq qariydi. Buni Maks Plank nomidagi Ornitologiya instituti nemis mutaxassislari amerikalik hamkasblari bilan birgalikda aniqlashdi. Tadqiqot Frontiers in Zoology jurnalida e’lon qilindi.
Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
Evropa Kengashi Parlament assambleyasi (PASE)ning milliy delegasiyalar vakolatlari to‘g‘risidagi ma’ruzani ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qarori Assambleyaning qobiliyatsiz ekanligini namoyish qildi.
Har bir jamiyatda turfa toifalar mavjud. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli — Yaratgan Zot hammani turlicha yaratgan. Dunyo — rang-barang. Mazkur maqola doirasida biz ikki toifa to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili va Yevropa Kengashi Bosh kotibi tomonidan "Evropa va Jahon miqyosida o‘lim jazosiga qarshi birgalikda kurashish deklarasiyasi" qabul qilindi.
“Tashabbus –2018” ko‘rik-tanlovining Guliston shahridagi Amfiteatr maydonida bo‘lib o‘tgan Sirdaryo viloyati bosqichida ana shu haqda ma’lumot berildi.
“PSJ” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ayni damda 19 yoshda. Shunday bo‘lsa-da, yosh futbolchi anchagina yutuqlarga erishib ulgurdi.
Buyuk Britaniyaning “Henley & Partners” xalqaro konsalting kompaniyasi pasportlar indeksining yangilangan versiyasiga oid hisobotni chop etdi. Unda 2018 yil hisobida dunyo davlatlarida vizasiz tashrif tizimidagi o‘zgarishlar natijalari aks etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Xitoy AQSh sanksiyalariga qarshi javob qaytaradigan bo‘lsa, qiymati 267 mlrd AQSh dollariga teng qo‘shimcha boj tariflarini belgilash bilan tahdid qildi. Bu haqda "Reuters"ga tayanib, Turon24 xabar beradi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi «Mirzacho‘l trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati davlat soliq inspeksiyasining eslatishlariga qaramay soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasligi oqibatida yilning birinchi yarmidagi qarzdorligi 86 million 566 ming so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu qarzdorlik sud hujjatlari asosida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan to‘liq undirib olindi, deb yozadi O‘zA.
Turkiya polisiyasining taxminicha, Istanbulga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Xoshxojiyni o‘ldirish maqsadida Saudiya Arabistonidan 15 kishidan iborat guruh kelgan. Polisiya ular Saudiya Arabistoni konsulligiga u yerda jurnalist bo‘lganda kelishganini o‘rnatgan, deb xabar berdi The Daily Sabah nashri.
Avvalroq, Yashnobod tumanida haydovchi Gentra rusumli avtomobilda bir qizni bosib ketgani haqida xabar bergan edik.
Maktab o‘quvchisi o‘g‘rilik va qotillik jinoyatiga qo‘l urgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi tomonidan sudya R.Arapov raisligida Farg‘ona shahridagi 6-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Jahongir To‘raqulovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va unga nisbatan hukm o‘qildi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mamlakatda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish.
Surxondaryolik hayvon o‘rgatuvchi, o‘ziga tegishli qarg‘aga ko‘plab tillarda gapirishni o‘rgatgan Shodibek Choriyev 27 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Daryo»ga uning oila a’zolari ma’lum qildi.
Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkent shahrida Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobus yonib ketdi. U “Chinni bozor – Qoraqamish 2/4” oralig‘ida qatnovchi 87-yo‘nalishdagi avtobus edi.