Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Peruda sobiq prezident Fuximorining qizi hibsga olindi

Peruda sobiq prezident Fuximorining qizi hibsga olindi

Peru prezidentligiga sobiq nomzod, mamlakatdagi yirik siyosiy partiyalardan biri “Xalq kuchi” yetakchisi Keyko Fuximori pul yuvish ayblovi bilan hibsga olingan. Bu haqda Fuximorining advokati Juliana Losa ma’lum qilgan. 

Losaning aytishicha, Keyko Fuximoriga nisbatan 10 kunlik hibsga olishga  order berilgan, so‘ngra sud uning taqdirini hal qiladi. Ta’kidlanishicha, Fuximori prokuraturaga ko‘rsatmalar bergani kelganda hibsga olingan.  

Keyko Fuximori 1990 yildan 2000 yilgacha Peruni boshqargan sobiq prezident  Alberto Fuximorining qizi hisoblanadi. 

Ta’kidlanishicha, Keyko Fuximorining hibsga olinishi Braziliyaning Odebrech qurilish kompaniyasi ishi bilan bog‘langan.

El Comercio nashrining ma’lum qilishicha, tergovchilar 2011 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Keyko Fuximori va uning partiyasi Braziliya firmasidan noqonuniy olingan mablag‘larni sarflaganini gumon qilishmoqda. Ayol siyosatchidan tashqari 19 kishi ushbu ish bo‘yicha o‘tmoqda. Ularning ham hibsga olinishiga orderlar berilgan.

2016 yil dekabrda AQSh adliya vazirligi Odebrecht va Braskem neft-kimyo kompaniyasi ayblarini tan olib, ulardan korrupsiya ishi bo‘yicha ayblovlar olinishi uchun AQSH, Braziliya va Shveysariyaga 3,5 mlrd dollar to‘lashga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan. Odebrecht bayonotida aytilishicha, kompaniya 2001 yildan 2016 yilgacha davr ichida 12 ta davlatda 788 mln dollar miqdorida pora bergan.   

Manba: kun.uz

Kiritildi: 06:40 11.10.2018. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!