Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ovoz berish huquqini qaytarish rad etildi

Ovoz berish huquqini qaytarish rad etildi

Evropa Kengashi Parlament assambleyasi (PASE)ning milliy delegasiyalar vakolatlari to‘g‘risidagi ma’ruzani ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qarori Assambleyaning qobiliyatsiz ekanligini namoyish qildi.

“Rossiya davlat dumasi spiker o‘rinbosari, parlament quyi palatasining xalqaro faoliyatga mas’ul bo‘lmish Petr Tolstoy shu bayonot bilan chiqdi“, deya xabar berdi TASS.

Bundan avval, seshanba kuni PASE matbuot xizmati assambleya reglament to‘g‘risidagi rezolyusiya loyihasini qayta ishlab chiqish uchun tegishli qo‘mitaga qaytargani borasida ma’lum qilgan edi. Bu qaror uchun 99 nafar deputat ovoz berdi, 79 nafar deputat qarshi chiqdi, yana 16 deputat betaraf qoldi. Agar rezolyusiya qabul qilinganida edi, u holda Rossiya tashkilot sessiyalarida ishtirok etishga qaytgan bo‘lardi.

“Parlament Assambleyasining vakolat va ovoz berishda qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish” deb nomlangan rezolyusiya loyihasida Rossiya tilga olinmaydi, biroq loyiha qabul qilinganida edi, Rossiya delegasiyasi yanvar oyidagi sessiyada PASEga qaytgan bo‘lardi.

2014 yil aprelida PASE Rossiya delegasiyasini ovoz berish huquqidan mahrum qildi. Moskva shuningdek, Assambleyaning rahbar tuzilmalarida ishlash imkoniyatidan va saylovlarda kuzatuvchi bo‘lishda ishtirokidan ham mahrum bo‘ldi. 2017 yil iyunida Rossiya o‘z delegasiyasining PASEda to‘la va shartlarsiz vakolati tiklanmagunga qadar badal to‘lashni to‘xtatishi haqda bayonot berdi. Moskvaning yillik badali 33 million yevroni tashkil qiladi. Bu tashkilot byudjetining deyarli 10 foizi demakdir. Ayni damda Rossiya PASEda ishtirok etmaydi, biroq Yevropa Kengashi vazirlar Qo‘mitasidagi faoliyatini davom ettiradi, deya ta’kidlaydi “Nemeskaya volna” (”Nemis to‘lqini”).

Manba: uza.uz

Kiritildi: 23:40 10.10.2018. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!