Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nishonga urilgan gaplar: “Alloh taolo O‘ziga duo ila ko‘tarilgan qo‘lni quruq, umidsiz qoldirmaydi”

Nishonga urilgan gaplar: “Alloh taolo O‘ziga duo ila ko‘tarilgan qo‘lni quruq, umidsiz qoldirmaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

  • Alloh taolo O‘ziga duo ila ko‘tarilgan qo‘lni quruq, umidsiz qoldirmaydi. 
  • Sen bir narsani yaxshi tushunib olishing kerak: yosh degani bu raqamning o‘zi. Raqam esa, sening asl haqiqatingni ochib bermaydi. Oltmish yoshingda ham go‘dakdek fikrlovchi yoki yigirma yoshingda keksalardek so‘z yurituvchi bo‘lishing mumkin.

Shams Tabriziy rahimahulloh 

  • Boylarga qimmatbaho sovg‘alar berib, faqirlarga kiygan kiyimini beradiganlar toifasidan bo‘lmang!

Muhammad Ratyon 

  • Kitoblarning do‘stligi odamlarning do‘stligidan afzalroqdir. Chunki, kitoblar faqat beradi, hech qachon biron narsa talab qilmaydi.

«Tarix muxrlagan so‘zlar» 

  • Kambag‘al odam (ko‘pincha) chin oshiq bo‘ladi. Chunki, uning qalbidan boshqa beradigan narsasi yo‘q

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 00:00 11.10.2018. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!