Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zomindagi yong‘inni barataraf etishga 400 nafar harbiy xizmatchi va vertolyotlar safarbar etildi

Zomindagi yong‘inni barataraf etishga 400 nafar harbiy xizmatchi va vertolyotlar safarbar etildi

Mudofaa vazirligi bo‘linmalari Zomin tumanidagi o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishda ishtirok etdi.

400 nafar harbiy xizmatchidan iborat batalyon favqulodda holat xabarini olgandan so‘ng, tezkorlik bilan yong‘in sodir bo‘lgan hududga yetib kelib, vazifani bajarishga kirishdi.

Bir vaqtning o‘zida Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlari vertolyot aviasiyasi zvenosi tomonidan Zomin suv omboridan yigirma marotabadan ortiq maxsus vosita yordamida suv olinib, havodan olov o‘choqlariga 30 tonnadan ziyod suv tashlandi.

Hozirgi vaqtda Mudofaa vazirligi bo‘linmalari va vertolyot aviasiyasi mazkur hududda tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Kiritildi: 08:57 02.08.2021. O'qildi: 1565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!