Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Zidan uchinchi marta "Real"ga qaytishi mumkin, boshqa nomzodlar ham bor

A A A
Zidan uchinchi marta "Real"ga qaytishi mumkin, boshqa nomzodlar ham bor

2023/2024 yilgi mavsum yakunida Karlo Anchelotti "Real Madrid"ni tark etadi va Braziliya terma jamoasini boshqaradi.

Madrid klubi sekin-asta jamoaga yangi boshqaruvchi izlash ustida ishlamoqda. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" ro‘yxatida "Real"ni ikki marta boshqargan Zinedin Zidan ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Zidan qo‘l ostida "Real Madrid" ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, jumladan, ikki marta La Liga va uchta Chempionlar Ligasi sovrini.

Manbaning ta’kidlashicha, "Real Madrid" nomzodlar ro‘yxatida Xabi Alonso, Alvaro Arbeloa va Raul ham bor. Alvaro Arbeloa va Raul hozir "qaymoqranglilar"ning yoshlar jamoalari tarkibida ishlamoqda.

Kiritildi: 17:11 10.07.2023. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!