Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zidan "An-Nasr"ning yiliga 75 million yevrolik shartnomasini rad etdi

Zidan "An-Nasr"ning yiliga 75 million yevrolik shartnomasini rad etdi

"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "An-Nasr" bosh murabbiyi lavozimini egallashdan bosh tortdi, deb xabar beradi Footmercato.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi fransiyalik mutaxassisga ikki mavsum uchun 150 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Zidanning nomzodini klub yetakchisi Krishtianu Ronaldu ma’qullagan va u muzokaralar jarayonida ishtirok etishi mumkin.

Aprel oyida Footmercato nashri 50 yoshli mutaxassisning "Real"ga qaytishi borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 11:02 26.05.2023. O'qildi: 1487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!