Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiyning istagi NATOni barbod qilishi mumkin — mutaxassis

A A A
Zelenskiyning istagi NATOni barbod qilishi mumkin — mutaxassis

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb etish istagi tashkilotni barbod qilishi mumkin. Bu haqda National Review sharhlovchisi Maykl Brendan Dogerti aytib o‘tdi.

U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kiyevga moliyaviy yordam “xayriya emas, balki global xavfsizlikka sarmoya” degan so‘zlarini esga oldi. Biroq, publisistning bashorat qilishicha, mojaroning kuchayishi Qo‘shma Shtatlarning dunyoda adolatning hakami bo‘lishga "e’tibori, resurslari va irodasini" susaytiradi. Bundan tashqari, Ukrainadagi inqiroz Xitoyning Tayvan mustaqilligiga qarshi chiqish istagini rag‘batlantirishi mumkin, deydi u.

"Ukrainadagi mojaro NATO ichidagi bo‘linishlarni fosh qildi va bizning tashkilot haqidagi tushunchamizni o‘zgartirdi. Fransiya prezidenti Makron ham NATOning parchalanishi xavfi haqida ogohlantirgan", deydi publisist.

Maykl Brendan Dogerti, shuningdek, ortib borayotgan xarajatlarga e’tibor qaratdi va Ukrainani qayta tiklash rejasi 750 milliard dollarga baholanayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, mojaro davom etar ekan, bu ko‘rsatkich oshib boraveradi.

Kiritildi: 01:45 08.01.2023. O'qildi: 6834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!