Bugun 28 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Zelenskiyga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilgan

Zelenskiyga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilgan

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) va Polsha huquq-tartibot idoralari xodimlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda yordam berishni taklif qilgan «Rossiya agenti»ni qo‘lga oldi. Bu haqda UXX va Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd qilinishicha, gumonlanuvchi Polsha fuqarosi bo‘lib, Rossiya harbiy razvedkasi bilan hamkorlik qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Polshaning Jeshuv-Yasyonka aeroportida xavfsizlik choralari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashi va uni Moskvaga topshirishi kerak edi. Bu, o‘z navbatida, Zelenskiyning Polshada bo‘lgan vaqtida unga suiqasd uyushtirishni rejalashtirishga yordam berardi, deb hisoblamoqda UXX.

Ukraina bu ma’lumotni polshalik hamkasblariga yetkazdi va erkak hibsga olindi. Unga Polsha Jinoyat kodeksining «xorijiy razvedkaga berish maqsadida Polshaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash yoki saqlash» moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

2023 yil noyabrida Zelenskiy keng ko‘lamli jangovar harakatlar boshlanganidan beri kamida beshta suiqasddan omon qolganini aytdi.

Kiritildi: 23:26 18.04.2024. O'qildi: 3889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!