Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushining 2025 yilda tugashiga umid bildirdi.
Sharqiy Yevropa hisobot byurosiga ko‘ra, bu haqda Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
"Bugun dushman xohlaganini qiladi - bizni uyimizda o‘ldiradi va biz o‘zimizni himoya qilamiz. Biz dushmanga qarshi kurashda davom etamiz. Bugungi kungacha rejalarimiz o‘zgarmadi. Albatta, biz chindan ham kuchli bo‘lishni va 2025 yilda urushni tugatishni xohlaymiz” - deb ta’kidladi Zelenskiy.