Ukraina prezidenti o‘z murojaatida tinchlik va xavfsizlik kafolatlari masalasiga to‘xtaldi.
"Ukraina endi hech qachon tarixda ruslar “murosa” deb ataydigan sharmandalikka majbur qilinmaydi. Bugun Ukrainani eshitishyapti, Ukraina bilan hisoblashishyapti, bizga quloq tutishyapti. Ukrainaning o‘rni muzokaralar stolida. Endi bizga “Eshik ortida kutib turing”, deyishmaydi. Bugun AQSh ham, Yevropa ham “Ukraina hali g‘alaba qozonmadi, ammo yutqazgani ham yo‘q”, degan fikrda", — dedi Zelenskiy.
"Ukraina ittifoqchilik va hamkorlikni so‘ramaydi, u taklif qiladi. Biz Yevropadagi eng kuchli armiya, eng ilg‘or mudofaa texnologiyalarini, matonatli tajribani taklif qilamiz. Bizga Yevropa Ittifoqi kerak, ammo biz ham unga kamida shunchalik kerakmiz. Buni hamma tan oladi. Ukrainani kuchli ittifoqchi sifatida tan olishadi", — deya ta’kidladi Ukraina yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urush yakunida Ukraina uchun “barqaror, ishonchli va uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash” zarur bo‘ladi.
"Ukraina buni qo‘lga kiritadi, chunki xavfsizlik kafolatlarini oladi. U shunchalik kuchli bo‘ladi-ki, dunyoda hech kimning xayoliga Ukrainaga hujum qilish fikri kelmaydi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.