Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar natija bermasligini aytdi: "Shuning uchun bizga muzokaralarda qo‘llab-quvvatlash emas, yetarlicha qurol kerak".
Zelenskiy Vengriya poytaxti Budapeshtda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mezbonlik qilgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti ochilishida nutq so‘zladi.
AQShning 47-prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilganini ta’kidlagan Zelenskiy: "Bu yoqimli va samarali suhbat bo‘ldi, lekin Tramp qanday aniq qadamlar tashlashini hozircha bilmaymiz".
Prezident Rossiya-Ukraina urushidagi keskinlik yanada kuchayganini ta’kidladi: "Bu keskinlikning kuchayishiga aynan Rossiya sababchi bo‘ldi. Shimoliy Koreya hozir Yevropada mohiyatan urush olib bormoqda. Shimoliy Koreya askarlari Yevropa tuprog‘ida xalqimizni o‘ldirmoqchi", - deydi u.
Rossiya Ukraina urushini jahon qudrati bo‘lish uchun boshlaganini ta’kidlagan Zelenskiy Rossiya prezidenti Putin bilan muzokaralar natija bermasligini aytdi.
Zelenskiy yana shunday dedi: "Shuning uchun bizga muzokaralarda qo‘llab-quvvatlash emas, yetarlicha qurol kerak".
Urushni adolatli tugatish uchun mamlakati tayyorlagan Tinchlik formulasi haqida gapirar ekan, ular Rossiyani adolatli tinchlik sari unday oladigan ochiq diplomatik tizim yaratganliklarini ta’kidladi.
Zelenskiy yadro va oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, harbiy asirlar va deportasiya qilinganlarni Ukrainaga qaytarish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan ushbu formulaning ahamiyatini tushuntirdi.
Adolatli tinchlikka erishish uchun har qanday konstruktiv g‘oyalarga ochiq ekanliklarini bildirgan Ukraina Prezidenti: "Biroq bu urushni tugatish uchun kun tartibida nima bo‘lishi va nima bo‘lmasligini aynan Ukraina hal qilishi kerak", deb ta’kidladi.
"Tinchlik faqat kuchlilar uchun mukofotdir. Shunday ekan, kuchli Yevropaga muqobil yo‘q", - deydi u.
Muzlatilgan Rossiya aktivlari imkon qadar tezroq Ukrainaga yuborilishi kerakligini ta’kidlagan Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.