Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "Ukraina va AQShning muzokaralaridagi pauza tugatilishi kerak..."

Zelenskiy: "Ukraina va AQShning muzokaralaridagi pauza tugatilishi kerak..."

Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokara guruhlari 21 mart kuni Qo‘shma Shtatlarda uchrashishi kutilmoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki bayonotida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Rustem Umerov, Ukraina prezidenti devoni rahbari Kirilo Budanov, devon rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislisa va deputat David Araxamiyadan iborat Ukraina delegasiyasi allaqachon amerikalik muzokarachilar bilan uchrashish uchun yo‘lga chiqqan.

"Muzokaralardagi pauza tugatilishi kerak... Amerika tomonidan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish uchun mavjud muzokara formatlari doirasida ishlashni davom ettirishga tayyorligi haqida signallar kelmoqda. Ukraina muzokara guruhining siyosiy qismi allaqachon yo‘lga chiqqan; biz shu shanba kuni Qo‘shma Shtatlarda uchrashishni kutmoqdamiz", dedi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!