Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning sobiq prezidenti Donald Trampdan Ukraina uchun tinchlik rejasini taqdim etishni so‘radi. Bu haqda Ukraina prezidenti 20-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqidan so‘ng CNN telekanali, Volf Blitzer bilan suhbatda aytdi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Kiyev uchun hudud bo‘yicha murosaga kelish mumkin emasligini ta’kidladi: “Agar g‘oya hududimizning bir qismini tortib olib, Putinga berish bo‘lsa, bu tinchlik formulasi emas”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Ukraina mojarosini 24 soat ichida tugatishga va’da bergan, biroq o‘z rejasining o‘ziga xos jihatlarini oshkor qilmagan.