Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Zelenskiy TIME jurnali tomonidan “Yil odami” deb topildi

Zelenskiy TIME jurnali tomonidan “Yil odami” deb topildi

Britaniyaning Financial Times nashri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni "Yil odami" deb topdi.

Nashr prezidentni "Ukraina xalqining Rossiya agressiyasiga qarshi kurashdagi jasorati va matonati timsoli" deb e’lon qildi.

"Ukraina prezidenti avtoritarizmga qarshi global kurashda demokratik dunyoning flagmani bo‘ldi, bu XXI asrning yo‘nalishini belgilab berishi mumkin", deb yozadi Financial Times.

Aynan shu sabablarga ko‘ra nashr Ukraina rahbarini "Yil odami" deb tanlagan. Zelenskiy prezidentlik davrida ko‘plab tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, urush yillarida u o‘zini yaxshi rahbar sifatida ko‘rsatgani, jumladan, Ukrainaning urushga qarshi turishiga yordam bergani, G‘arb davlatlarini bu borada Ukrainaga yordam ko‘rsatishga jalb qilgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, Zelenskiy nashrga Rossiya urushining dastlabki kunlari va Kiyevda qolish qarori haqida gapirgan.

"Men jasoratlidan ko‘ra ko‘proq javobgarman. Chunki odamlarga pand berishni xohlamayman", — deydi u.

Kiritildi: 23:35 07.12.2022. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!