Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy: Rossiyaning ommaviy hujumi natijasida Ukrainada 2 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi

Zelenskiy: Rossiyaning ommaviy hujumi natijasida Ukrainada 2 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, o‘tgan tun davomida Ukraina shaharlari va aholi punktlariga 420 dan ortiq dron va 20 tadan ortiq raketa bilan hujum qilingan. Hujumlar natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan.

Prezident bu haqda Telegram sahifasida ma’lum qildi:

"Rossiya tomonidan amalga oshirilgan o‘q uzishlardan so‘ng Kiyevda va Kiyev viloyatida, shuningdek, Xarkov va Ivano-Frankovsk viloyatlarida qutqaruv va favqulodda ishlar davom etmoqda. Sumsk, Xmelnisk, Kirovograd, Nikolayev, Poltava va Xerson viloyatlarida zarba dronlari Ukraina havo mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilindi", — deb yozdi Zelenskiy.

Unga ko‘ra, Kiyevda bolalar bog‘i, ko‘p qavatli turar-joy binolari va fuqarolik infratuzilmasiga oid bir qancha ob’ektlar yong‘inga uchragan.

Shuningdek, Xarkov va Ivano-Frankovskda oddiy turar-joy binolari vayron qilingani ma’lum qilingan.

Zelenskiy hujumlarni "har doim insonparvarlikka qarshi yo‘naltirilgan" deb atadi va xalqaro hamjamiyatni yana bir bor Rossiyaga qarshi qattiqroq choralar ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: 19:12 21.07.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!