"Bizning razvedka ma’lumotlarimiz Rossiya yangi yirik zarbalarni tayyorlayotganidan dalolat beradi".
Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Biz sheriklarimiz bilan havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar va bizga juda zarur bo‘lgan tizimlar haqida ochiq gaplashmoqdamiz. Ta’minot yetarli emas. Biz jarayonni tezlashtirishga harakat qilmoqdamiz va sheriklarimiz bizni tinglashi juda muhim", deb ta’kidladi Ukraina rahbari.