Rim papasi Fransisk Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Vatikanda qabul qildi, ularning uchrashuvi yarim soat davom etdi.
Asirga olingan va deportasiya qilingan ukrainaliklarning qaytishi Rim papasi bilan muzokaralarning asosiy mavzusiga aylandi.
«Ukrainadagi barchamiz uchun mahbuslar va deportasiya qilingan odamlarga taalluqli hamma narsa juda og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda. Bular kattalar va bolalar, ko‘plab tinch fuqarolar, ular hozir Rossiyadagi qamoqxonalar va lagerlarda», — deb yozdi Vladimir Zelenskiy Telegram’dagi rasmiy kanalida.
Uchrashuvda Zelenskiy Rim papasiga xarobalar orasida qiz tasvirlangan «Buchadagi qirg‘in» nomli kartinani sovg‘a qildi.
Ukraina prezidenti Vatikan Davlat kotibi Piyetro Parolin bilan ham uchrashdi. Ularning muzokaralarida Ukrainadagi urushni qanday tugatish, adolatli va barqaror tinchlikka erishish masalalari muhokama qilindi. Vatikan bosh diplomati mamlakatdagi gumanitar vaziyatdan xavotir bildirdi.